Kontent qismiga oʻtish

Chittagong

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Chittagong, Chatagam — Bangladeshdagi shahar, Bengaliya qoʻltigʻidan 15 km ichkarida, Karnapxuli daryosi boʻyida. Chittagong viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,1 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari chorrahasi. Yirik port. Mamlakatning iqtisodiy markazi. Jut, ip-gazlama, kimyo, oziq-ovqat, sement, yogʻochsozlik va metallsozlik sanoati korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi, universitet bor. Metallurgiya va neftni qayta ishlash, elektr jihozlari ishlab chiqaruvchi zavodlar, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Shahar miloddan avvalgi 1-asrdan maʼlum. Meʼmoriy yodgorliklardan XII—XVII asrlarga oid binolar saqlangan.