Giacinto Facchetti
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 18-iyul 1942-yil | ||
| Tavallud joyi | Treviglio, Italiya | ||
| Vafot sanasi |
4-sentyabr 2006-yil (64 yoshda) | ||
| Vafot joyi | Milan, Italiya | ||
| Boʻyi | 191 cm (6 ft 3 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1957–1960 | Trevigliese | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1960–1978 | Inter Milan | 476 | (59) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1964 | Italiya U21 | 1 | (0) |
| 1963–1977 | Italiya | 94 | (3) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Giacinto Facchetti(1942-yil 18-iyul — 2006-yil 4-sentabr) — Italiyalik futbolchi, himoyachi. U 1960-yildan 1978-yilgacha Inter Milan klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan. U keyinchalik, 2004-yilning yanvaridan to 2006-yilda vafot etguniga qadar „Inter“ klubi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Facchetti klub safida 634 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib, 75 ta gol urgan. Faoliyati davomida toʻrtta A Seriya chempionligi, bir marta Italiya kubogi, ikkita UEFA chempionlari kubogi va ikkita Qitʼalararo kubokni qoʻlga kiritgan. U 1965-yilda Oltin toʻp sovrini uchun nomzodlar orasida ikkinchi oʻrinni egallagan[1].
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Giacinto Facchetti oʻz faoliyatini oʻzi tugʻilib oʻsgan shaharning „GSD Mario Zanconti“ klubida boshlagan. Avvaliga oʻzining tezligi, kuchli zarbasi va texnikasi tufayli hujumchi sifatida toʻp surgan[2]. „Trevigliese“ jamoasida oʻynab yurgan paytlarida, uni „Inter“ klubining oʻsha vaqtdagi murabbiyi Helenio Herreraning eʼtiboriga tushadi. U klubdagi debyutini 1961-yil 21-mayda „Roma“ga qarshi 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan. Shundan soʻng uning pozitsiyasi hujumchidan himoyachiga oʻzgartiriladi va bu toʻgʻri qaror boʻlib chiqadi. Bu pozitsiyada Italiya terma jamoasidagi Tarchizio Burnich bilan birgalikda himoyada ajoyib tandem hosil qildi. Himoyada juda kam gol oʻtkazib yuborish bilan bir qatorda, Fakketti koʻplab gollar va golli uzatmalar muallifi boʻlib, jamoasining hujumlariga ham katta hissa qoʻshishga muvaffaq boʻldi. U 1965–66-yilgi mavsumda 10 ta gol urib, himoyachilar orasida A Seriya mavsumida eng koʻp gol urish boʻyicha rekord oʻrnatgan[3][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Comunicato Ufficiale N. 249“ [Official Press Release No. 249] (it). Lega Serie A (2004-yil 13-fevral). 2020-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-dekabr.
- ↑ „LA NOSTRA STORIA“ (italian). Zanconti.com. 2022-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
- ↑ „Giacinto Facchetti – Obituary“. The Guardian (2006-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 2-yanvar.
- ↑ „Giacinto Facchetti – Helenio Herrera: More than just catenaccio“. www.fifa.com. FIFA. 2015-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-sentyabr.
- 18-iyulda tugʻilganlar
- 1942-yilda tugʻilganlar
- 4-sentyabrda vafot etganlar
- 2006-yilda vafot etganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Italiyalik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Inter Milan futbolchilari
- Serie A futbolchilari
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Italiya erkaklar terma jamoasi futbolchilari
- 1966-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari
- 1968-yilgi UEFA Yevropa chempionati futbolchilari
- 1970-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari
- 1974-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari
- UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- Raqamlari abadiylashtirilgan futbolchilar
- FIFA 100
