Kontent qismiga oʻtish

Kaja Juvan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kaja Juvan

Juvan 2023-yilgi AQSh ochiq chempionatida
Mamlakat Sloveniya bayrogʻi Sloveniya
Tugʻilishi 2000-yil 25-noyabr (2000-11-25) (25 yosh)
Lyublyana, Sloveniya
Boʻyi 1.70 sm
Professionallik 2016
Ishlatadigan qoʻli Oʻng qoʻl
Murabbiy Nik Razboršek
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori $US$ 2,539,831
Yakkalik bahslar
Rekordi 257–134
Jami titullari 2 ta WTA Challenger
Eng yuqori pozitsiyasi 58-oʻrin (6-iyun 2022)
Joriy pozitsiyasi 97-oʻrin (3-noyabr 2025)
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open 3R (2021)
French Open 2R (2020, 2022)
Wimbledon 3R (2021, 2022)
US Open 3R (2023)
Juftlik bahslari
Rekordi 21–25
Jami titullari 1 ta WTA
Eng yuqori pozitsiyasi 97-oʻrin (18-iyul 2022)
Joriy pozitsiyasi 871-oʻrin (3-noyabr 2025)
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open 2R (2022)
French Open 2R (2022)
Wimbledon 1R (2021, 2022)
Jamoa musobaqalari
Medallari va yutuqlari
Soʻnggi marta yangilandi: 3-noyabr 2025.

Kaja Juvan (2000-yil 25-noyabrda tugʻilgan) — sloveniyalik professional tennischi. Sport faoliyati davomida yakkalik yoʻnalishida 58-oʻrin, juftlik yoʻnalishida 97-oʻringa koʻtarilgan.

Sport faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil yanvar oyida oʻsmirlar oʻrtasidagi qoʻshma reytingda Juvan faoliyatidagi eng yuqori koʻrsatkich — 5-oʻrinni qayd etgan. Sportchi 2016-yilgi Wimbledon chempionati va 2016-yilgi AQSh Ochiq chempionatida qizlar oʻrtasida juftlik bahslarida yarim finalga chiqishga muvaffaq boʻlgan[manba kerak].

Juvan Polsha vakilasi Iga Shvyontek bilan birga Buenos-Ayresda oʻtkazilgan 2018-yilgi Yozgi Yoshlar Olimpiada oʻyinlari juftlik bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritgan[1].

Professional faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019–2020: Katta dubulgʻa debyuti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Juvan Katta dubulgʻa turniridagi debyut ishtirokini 2019-yilgi Fransiya Ochiq chempionatida oʻtkazib, birinchi davrada Sorana Cirsteaga qarshi oʻyinda imkoniyatni boy bergan[2].

Saralash bosqichidan oʻtishga muvaffaq boʻlgan Juvan 2019-yil iyul oyida Wimbledon musobaqasining ikkinchi bosqichiga chiqish uchun Kristýna Plíškováni magʻlub etgan[3]. Biroq keyingi bosqichda 11-raqamli tennischi Serena Williamsga magʻlub boʻlgan[4].